O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 martdagi 220-sonli “O‘zstandart” agentligi huzuridagi “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va standartlashtirish bo‘yicha Texnik qo‘mitalar (TQ) faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ularni qayta tashkil etish hamda yangi Nizom va ish dasturlarini tasdiqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mudofaa sanoati qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasi kabi manfaatdor tomonlar bilan yuqorida ta’kidlangan ishlar yuzasidan tegishli tartibda kelishish ishlari davom etmoqda.
Manfaatdor tomonlar tegishli TQ ishida o‘rnatilgan tartibda ishtirok etishlari mumkin!