Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonunchilik talablariga amal qilinishini ta’minlash Departamenti mutaxascislari tomonidan iyul oyida 337 ta tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika tadbirlarini o‘tkazish reja-jadvali ishlab chiqildi. Hozirgi kunda korxonalarda profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda hamda sohaga doir masalalarda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyatidagi “Shifobaxsh qatiq” korxonasida sohaga oid qonun va qarorlar yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Korxona faoliyatiga tegishli UzTR.474-020:2017 “Sut va sut mahsulotlarining havfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti bilan ta’minlandi. Korxonaning mas’ul xodimiga mahsulotga belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish bo‘yicha tushuntirishlar va tayyor mahsulotlarni saqlash jarayonini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Namangan viloyati Namangan tumanida joylashgan “Madina Muazzam” korxonasida profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Korxonada Vata “Prima”, Noto‘qima mato, qayta tiklangan va titilgan tola mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga doir reglament va standartlar mavjud bo‘lsada, foydalanilayotgan yuk tarozi, chizg‘ich, manometrlar qiyoslashdan o‘tkazilmaganligi ma’lum bo‘ldi, o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi va Namangan sinov va sertifikatlashtirish markaziga murojaat xati berildi.
Namangan shahar Boburshoh ko‘chasidagi “Mustang tekstil” korxonasida olib borilgan profilaktika tadbiriga ko‘ra, mazkur korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga normativ hujjatlar mavjud emasligi, elektr hisoblagich 2017 yilda shuningdek, qozonxonadagi manometr, termometr, temir chizg‘ich va tarozilar qiyoslanmaganligi ma’lum bo‘ldi. Jamiyat rahbariyatiga o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish zarurligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli qarori bilan majburiy tartibda sertifikatlanishi belgilanganligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi. Korxona UzTR 148-008-2016 “Yengil sanoat mahsulotlarini xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament, GOST 25295-2003 “Odejda verxnaya paltovo-kostyumnogo assortimenta OTU” va GOST ISO 3758-2014 “Izdeliya tekstilniye. Markirovka simvolami po uxodu” standartlari bilan ta’minlandi.