O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasiga kontrafakt va sifatsiz avtomobil’ shinalarini olib kirishning oldini olish maqsadida Milliy sertifikatlashtirish idorasining 2019 yil 24-iyun K-7 sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, 2019 yilning 1 avgustdan boshlab shina mahsulotlarini sertifikatlashtirish sinovlari 1 va 2 - ilovalarda keltirilgan sinov dasturlariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi ta’minlansin.
Sertifikatlashtirish organlari tomonidan har oy yakuni bilan keyingi oyning 2-sanasiga qadar “Sertifikatlashtirish va laboratoriya majmualarini rivojlantirish boshqarmasi”ga shina mahsulotlariga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3 - ilovaga muvofiq sert@standart.uz , sert@rssm.uz elektron manzillariga taqdim etib borilsin.