Standartlar institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazida Sifat menejmenti tizimlari, Oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligi menejmenti tizimlari, Sinash va kalibrlash laboratoriyalarining layoqatliligini baholash mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ushbu mashg‘ulotlarni Turk standartlari institutining xalqaro auditori Serhat Janbolat olib bormoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarida “O‘zstandart” agentligi tizim tashkilotlari xodimlari hamda Respublikaning turli korxona va tashkilotlardan jami 30 nafar mutaxassislar o‘z malakalarini oshiradilar.