Yosh mutaxassilarni qo‘llab quvvatlash va yetuk ilmiy xodimlarni tayyorlash, ilmiy ishlar olib borish, o‘lchash natijalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash O‘zbekiston milliy metrologiya institutining ustuvor vaziflaridan hisoblanadi.

Institutning “Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklarini ilmiy-ishlab chiqarish bo‘limi” mutaxassisilari A.Anvarov va I.Abdumajidovlar joriy yilning 24-29 iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasinining “QazInMetr” metrologiya institutida zichlik va qovushqoqlik o‘lchash vositalarini kalibrlash va noaniqligini baholash bo‘yicha o‘quv-amaliyoti mobaynida o‘z malakalarini oshirdilar.

 

O‘quv-amaliyoti davomida zichlik va qovushqoqlik o‘lchash vositalarini kalibrlash va noaniqligini baholash jarayoni o‘zlashtirildi. Shuningdek, “QazInMetr” institutidagi zichlik birligi davlat etaloni, kinematik qovushqoqlik birligi davlat etaloni bilan yaqindan tanishildi.

Bundan tashqari, o‘quv-amaliyoti davomida suyuqlik zichligi bo‘yicha ikki tomonlama solishtirish ishlari amalga oshirildi. “QazInMetr” instituti mutaxassislari bilan joriy yil yakuniga qadar zichlik va qovushqoqlik o‘lchash vositalarini solishtirishni xalqaro doirada, ya’ni KOOMET doirasida rasmiylashtirgan holda o‘tkazish,

30sentyabrdan 3oktyabrgacha o‘tkaziladigan “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” TQ 1.6 texnik qo‘mitasidaesa ikkala tamonni qiziqtirgan savollarni yig‘ilish qatnashchilaribilan birgalikda muhokama qilish kelishib olindi.

O‘quv-amaliyoti yakuni bo‘yicha O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislariga malaka oshirilganliklarini tasdiqlovchi seritifikatlar taqdim etildi.