Ma’lumki har bir jamiyatning yuksak taraqqiyotiga soya soladigan bir qancha omillar bor. Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining sud’yasi Qosim Xolov va O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili Rajabali Norqo‘chqorovlar ishtirok etib, ular korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llash, uning zararli oqibatlari, korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazolar haqida ma’lumotlar berdilar.
Tadbir so‘nggida markaz xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollaga javob oldilar.