Ayni kunlarda “O‘zstandart” agentligi hamda uning tizim tashkilotlari Turkmaniston Respublikasining “Turkmenstandartlarы” Bosh Davlat xizmati delegatsiyasiga mezbon bo‘lib turibdi.

 

“Turkmenstandartlarы” Bosh Davlat xizmati, Metrologiya boshqarmasi boshlig‘i Murat Garajayev rahbarligidagi ishchi gurux a’zolari mamlakatimizda Agentlik tizimida olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, eksportni rag‘batlantirish va kengaytirishga doir tizimli amaliy ishlar bilan tanishdilar.

Xususan, Standartlar instituti doirasida so‘nggi yillarda standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi va ushbu normativ-huquqiy hujjatlar asosida institut tomonidan olib borilayotgan islohotlar borasida batafsil ma’lumot berildi.

Muzokaralar jarayonida Standartlashtirish va sertifikatlashtirish boshqarmasi boshlig‘i muovini Axmet Gaipov mamlakatlarimiz o‘rtasida sohani rivojlantirish bo‘yicha birgalikda qator qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, malakali mutaxassislar tayyorlash, tajriba almashish borasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish muhimligi haqida to‘xtalib o‘tdi.