Avval xabar berganimizdek, Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi tijorat standartlari bo‘yicha navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zstandart agentligi”, “Jahon Exim Group”, “Alimkhan Exim Group”, Savdoni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (BMT TTD) hamkorligida ishlab chiqalayotgan quritilgan qovun mahsuloti tijorat standartini joriy yilning avgust oyida ovozga quyilishi va e’tirozlar bo‘lmagan taqdirda, joriy yilning noyabr oyida yangi standart sifatida qabul qilinishiga kelishib olindi.
O‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov mamlakatimizda quruq va quritilgan meva mahsulotlarning eksportda tutgan o‘rni, davlat tomonidan eksportni rivojlantirishga qaratilgan harakat dasturlari, standartlarni amaliyotga joriy etish hamda xorijiy tashkilotlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik kabi masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Akmal Saidov ham ishtirok etdi.