Joriy yilning 19-22 iyun kunlari Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi Bosh Assambleyasining (APAC) 2019-yildagi birinchi majlisi Singapur Respublikasida bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda APAC faoliyati jahon savdosini yengillashtirishga va uning a’zolariga butun dunyoda akkreditatsiya natijalarini tan olish imkonini berishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Bosh Assambleyaning mazkur yig‘ilishida imzo chekuvchi va uyushgan a’zo davlatlarning rivojlanish va taraqqiyot hamkorlik yo‘lini belgilaydigan APAC uchun strategik rejani ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Anjuman doirasida xalqaro standart ISO / IEC 17011 bo‘yicha seminar, boshqaruvchi kengashning hamda o‘zaro tan olish to‘g‘risida Kelishuv¬ – APAC MRA salohiyatni oshirish bo‘yicha qo‘mitaning ishchi majlislari, chet ellik sheriklar va milliy akkreditatsiya idoralarining vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
E’tiborli tomoni shundaki, Bosh Assambleya yig‘ilishida Mamlakatimiz nomidan Akkreditatsiya markazining bir guruh vakillari ishtirok etib, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.