“O‘zstandart” agentligi hamda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) hamkorligida “ISO standartlaridan foydalanish va ularni ishlab chiqarishda tadbiq etish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusida xalqaro seminar o‘z ishini yakunladi.
Milliy matbuot markazida mazkur tadbir yakuni yuzasidan anjuman tashkil etildi va unda ISO ekspertlari Keti Byord va Tomas Tarun, yurtimizdagi hamkor vazirlik va idora vakillari, tadbirkorlar hamda jurnalistlar ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuvda ishtirokchilarga bo‘lib o‘tgan seminar tafsilotlari shuningdek, ISO standartlarini yurtimizda joriy etilishi, undan foydalanish hamda mazkur standartlarni milliy standartlarimiz bilan uyg‘unlashtirish borasidagi ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.