Andijon viloyati hokimligi va Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida Belorus davlatidan tashrif buyurgan “Texmash” korxonasi rahbari P.Sirkunov hamda Grodna davlat agrar universiteti professori A.Autkolar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi.
Suhbat davomida respublikamiz hududida mineral o‘g‘it ishlab chiqarish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek ushbu mahsulotlarni standartlashtirish, sinovlarini o‘tkazishga oid ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, hamkorlar bilan kelgusida Andijon viloyatida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, amaldagi qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik hujjatlarni ishlab chiqish hamda ushbu texnikalarni sifatli sinovlarini amalga oshirish va sertifikatlashtirish sohalarida birgalikda ishlashga kelishib olindi.