O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 maydagi 4348-sonli “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori tasdiqlandi.
Qarorning asosiy maqsadi elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh va yuqori qo‘shilgan qiymatli zamonaviy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur qarorning 13-bandida “O’zstandart” agentligi tomonidan, respublika hududida kontrafakt va sifatsiz elektromaishiy mahsulotlar sotilishini oldini olish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda ularning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi namunaviy sinov dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash belgilangan.
Sizdan ishlab chiqilgan mazkur namunaviy sinov dasturlari loyihalarini ko‘rib chiqib, o‘z taklif va muloxazalaringizni bildirishingizni so‘raymiz.
Yuqoridagilarga asosan, fikrlaringizni “O’zstandart” agentligiga 2019 yilning 25 iyun kuniga qadar sert@standart.uz, uzst@standart.uz elektron manzilari orqali taqdim etishingizni so‘raymiz.