Namangan viloyati tarixidagi eng yirik xalqaro iqtisodiy tadbir – “Doing Business with Namangan – 2019” Xalqaro investitsion forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida “Namangan viloyatida sanoat sohalaridagi mavjud imkoniyatlar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish istiqbollari”, “Namangan viloyatining qishloq xo‘jaligi sohasidagi investitsion imkoniyatlari, yerlardan unumli foydalanish va qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash sohasini rivojlantirish istiqbollari” kabi mavzular muhokama etildi.
Investitsion forumda Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etishib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi hamda ularni soha yangiliklari bilan tanishtirdilar.