Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-xuquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining xuquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yunaltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.
“O‘zstandart” agentligi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda korrupsiyaning zararli oqibatlari, taraqqiyotning kushandasi ekanligi va bu illatga qo‘l urganlar albatta jazosiz qolmasligi tushintirildi. Shuningdek uchrashuv davomida xodimlarga korrupsiya va ta’magirlik illatlarni oldini olishga qaratilgan video materiallar namoyish etildi.