“O‘zstandart” agentligi tomonidan sifat menejmenti tizimlarini joriy etgan va milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalardan foydalanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator qulayliklar yaratib berilmoqda.
Jumladan, sifat menejmenti tizimlarini joriy etgan va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalaridan mahsulotlarini sinovlarini o‘tkazgan 70 ta tadbirkorlik sub’ektlariga deklaratsiyalash yo‘li bilan sertifikatlar rasmiylashtirib berildi.
Misol uchun: Xorazmda “Ozoda non” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan 3 ta turdagi qolipli non, lochira, Pryanik mahsulotlari, Sirdaryo viloyatida “Yangiobod jilvasi” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan 3 turdagi qurilish mahsulotlariga, “Standart Stone” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan 2 turdagi qurilish mahsulotlariga, Chirchiq shahridagi “Chirchiq transformator zavodi” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan tarnsformator mahsulotlariga hamda Qashqadaryo viloyatida “Standart test pribor” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan qandolat mahsulotlariga deklaratsiyalash yo‘li bilan sertifikatlar rasimylashtirib berildi.