Dunyoga toza qalb bilan nigoh tashlagan odam beqiyos go‘zalliklarni ko‘radi. Ona tabiat bag‘ridagi sharqiroq soylar, yuksak tog‘lar, bog‘lar, muattar bo‘y taratib turgan gulu-rayhonlar odamzod uchun ilhom manbaidir.
Namangan shahridagi "Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘i"dagi an’anaviy gul bayrami xalqimizni yana bir bor go‘zallikning sirli olamiga yetaklagandek bo‘ldi.
Bayram bahonasida turli ko‘ngilochar dasturlar,gulchi bog‘bonlarining ko‘rgazmalari, dizaynerlarning gullardan yasagan kompozitsyalari, adabiy tadbirlar va hunarmandlarning betakror san’at asarlari namoyishi aholiga yanada bayram kayfiyatini ulashmoqda.
Gul bayramida Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi jamoasi o‘zlari uchun ajaratilgan hududga gul konstruksiyalari va kompozitsiyalar bilan bezatib faol ishtirok etmoqda.