“O‘zstandart” agentligi bilan Germaniyaning Fiziko-texnika federal instituti (RTV) o‘rtasida tasdiqlangan 2017 yil 29 dekabrda 4V-95312-sonli “Markaziy Osiyo davlatlarining infrastrukturasini mustahkamlash” dasturiga muvofiq Tayland Milliy Metrologiya instituti mutaxassisi Tavat Pan Chang O‘zbekiston milliy metrologiya institut mutaxassislarni bosim va sarf o‘lchash vositalarini kalibrlash va o‘lchov natijalarini kerakli aniqlikka erishish yo‘llari hamda sifat menejmenti tizimidagi mavjud kamchiliklarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan omillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv darslari o‘tkazdi. Bunday hamkorlik seminarlar mutaxassislarning malaka va mahoratlarini oshirishga xizmat qiladi.