Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak tamoyiliga asosan, “O‘zstandart” agentligi tomonidan har bir murojaatga e’tibor bilan qaralmoqda.
Sababi har bir murojaatning ortida inson taqdiri turganligi aniq. Joriy yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 95 ta murojaatlar kelib tushgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, kelib tushgan jami murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63 taga yoki 60,1 % ga kamaygan bo‘lsa, yozma murojaatlar soni 23 taga yoki 8,6 baravarga ko‘paygan, elektron murojaatlar soni 67 taga yoki 43,6 % ga kamaygan, og‘zaki murojaatlar soni 19 taga yoki 47,2 % ga kamayganligini ko‘rish mumkin.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 52 tasi yoki 54,7 % bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilib, murojaat mualliflari qanoatlantirilgan, 38 tasi yoki 40 % bo‘yicha tushuntirish berilgan.
Tahliliy ishlar qanoatlantirilgan murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 33 taga yoki 2,7 baravarga ortganligini, tushuntirish berilgan murojaatlar soni 3,5 baravarga kamayganligini ko‘rsatmoqda.
Kelib tushgan murojaatlar sonini hududlar kesimida ko‘rib chiqilganda, jami kelib tushgan murojaatlarning 43 tasi yoki 45,2 % Toshkent shahriga, qolgan 52 tasi (54,7 %) respublikaning qolgan hududlariga to‘g‘ri keladi.