Avval xabar berilganidek, bugun Toshkent shaxrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi (MGS) standartlashtirish bo‘yicha Ilmiy-texnik komissiyaning (NTKS) 57 kengashi o‘z ishini boshladi.
Yig‘ilish doirasida Rossiya texnik nazorat va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) bosh direktori o‘rinbosari A.Shalayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Rosstandart” bosh direktori o‘rinbosari A.Shalayev Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Ilmiy-texnik komissiyaning (NTKS) 57 kengashi yig‘ilishga puxta tayyorgarlik uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonda standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar Rossiyalik hamkasblari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.
Uchrashuvda “O‘zstandart” va “Rosstandart” agentliklari o‘rtasida soha yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun ikki tomonlama o‘zaro manfaaatli aloqalar o‘rnatish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, Standartlar institutlari o‘rtasida standartlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish masalasida doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘z yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan ishchi guruh shakllantirish, 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan “Yo‘l xaritasi”dagi topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.