Samarasiz va eskirgan normalarni amaliyotdan chiqarish maqsadida “O’zstandart” agentligi tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar fondi taxlili o‘tkazildi.

Taxlil natijasida fondda 350 dan ortiq O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunida belgilanmagan, standartlar toifasiga kirmaydigan normativ hujjatlar mavjudligi aniqlandi va ushbu normativ hujjatlarni O’zbekiston Respublikasida amal qilishini to‘xtatilishi rejalashtirilmokda.

Yuqoridagilarga asosan 2019 yilning 15 iyun kuniga qadar ro‘yxatda keltirilgan normativ hujjatlarni O’zbekiston Respublikasida amal qilishini to‘xtatish bo‘yicha fikrlaringizni “O’zstandart” agentligiga stand@standart.uz elektron manzili orqali taqdim etishingizni so‘raymiz.