Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumati Rahbarlari tomonidan imzolangan “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuv” asosida 1992 yil 13 martda tashkil etilgan.

Mazkur kelishuv MDH davlatlari-qatnashuvchilarining standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya bo‘yicha milliy idoralari resurslari va imkoniyatlarini birlashtirish, shuningdek faoliyatning shu sohalarida yagona texnik siyosatni yo‘lga qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha milliy idorsi bo‘lgan “O‘zstandart” agentligi mas’ullari bilan bir qatorda, yig‘ilishda Belarusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,Moldova,Rossiya Federatsiyasi, hamda SDK standartlari bo‘yicha Byuro vakillari qatnashmoqdalar. Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi;

•          MDH shartnoma-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish to‘g‘risida;

•          2020 yilgacha bo‘lgan davrda, DSK rivojlantirish Strategiyasi nizomini amalga oshirish uchun, 2016-2020 yillarda DSKning Reja dasturini amalga oshirilishi to‘g‘risida;

•          Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha hujjatlarni tarqatish to‘g‘risidagi Kelishuv loyihasi va Davlatlararo standartlarni tarqatish tartibi loyihasi;

•          2018-2020 yillarda Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha Ish dasturini aktuallashtirish to‘g‘risida;

•          DSK va Halqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) o‘rtasidagi Hamkorlik to‘g‘risida;

•          MDH Elektrenergiya Kengashi va MDHning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi o‘rtasidagi Hamkorlik to‘g‘risida;

•          Standartlashtirish va o‘lchovlar birligini ta’minlash sohasidagi DSK va YeEK o‘rtasidagi Hamkorlik memorandumi nizomlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Rejasi loyihasi to‘g‘risida;

•          Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha ishlar doirasida axborot texnologiyalarni rivojlantirish yo‘l kartasi to‘g‘risida gi ustivor masalalar muhokama markazida bo‘ladi.

Uchrashuvlar bayonlari bilan DSK rasmiy veb-saytida (www.easc.org.by) batavfsil tanishishingiz mumkin