O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalasini o‘rtaga tashlagan edi.

Xususan, beshinchi tashabbus bo‘yicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi loyihasida 2019-2020 yillarda har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollar uchun ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

“O‘zstandart” agentligi mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi bir qancha tikuv-trikotaj korxonalariga ishlab chiqarish bo‘yicha barcha kerakli me’yoriy xujjatlarni tayyorlash, mahsulotlarning namuna-etalonlarini yaratish va uni tasdiqlash hamda foydalaniladigan uskunalarni sertifikatlashtirish ishlarida amaliy yordam ko‘rsatishni asosiymaqsad qilib oldi.

 

Dastlab, Bo‘ston mahallasida joylashgan “BO‘STON BARAKA CHEVARLARI” korxonasi to‘liqligicha ishga tushirilib, ayni paytda ushbu mahallada yashovchi xotin-qizlar tikuvchilik ishlariga jalb qilindi.

Shuningdek, Bo‘ka tumanida joylashgan bir qator tikuvchilik korxonalari jumladan “O‘zpaxtasanoat” ta’sisligidagi “Ramadan Baraka Chevarlari”, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ta’sischiligidagi “Ho’jaqo’rg’on” “BO‘KA MEGA LUX” kabi to‘qimachilik sanoat korxonalari bilan “O‘zstandart” agentligi hamkorlikni davom ettirgan holda mutaxassislarni “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy tadqiqot instituti” orqali o‘z malakalarini oshirish, milliy yoki xalqaro sertifikatlar olish hamda biriktirilgan xodimlar tomonidan korxonalarda metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa amaldagi qonun xujjatlari yuzasidan o‘quv seminarlari tashkil etish rejalashtirildi.