2019-2020 yillarda “O‘zstandart” agentligi va Belarus Respublikasi Davlat standartlashtirish qo‘mitasi o‘rtasidagi Hamkorlik dasturini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalarining xodimlari uchun Davlat metrologiya muassasalari Yevroosiyo hamkorligi (KOOMET) va Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosining (BIPM) asosiy solishtirishlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasida (KCDB) CMC satrlarni chop etish doirasida kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlarini (CMC satrlarni) metrologik ekspertiza qilish protsedurasini o‘tkazish masalasi bo‘yicha videokonferensiya formatida seminar tashkillashtirildi.
Mazkur formatda hamda ilg‘or ekspertlarini jalb qilgan holda texnik mashg‘ulot o‘tkazish ilk marotaba amalga oshirildi.
Belorussiyalik hamkasblarimiz – KOOMET 1.3 “Elektr va magnetizm” texnik qo‘mitasining raisi Tatyana Kolomiyets xonim va KOOMET 1.3 “Elektr va magnetizm” texnik qo‘mitasining Kotibiyati Marina Yarmolovich xonim – ushbu protseduralarni reglamentlaydigan asosiy hujjatlarga oid axborotni taqdim etdilar, shuningdek Belarus davlat metrologiya institutining tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.
Joriy yilning 27 va 29 may kunlari ilg‘or belorus ekspertlarini jalb qilgan holda videokonferensiyalar davom ettiriladi.