2016 yil 18-22 iyul kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) grant mablag‘lari asosida moliyalashtirilayotgan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va Bosh rivojlantirish rejasini ishlab chiqish yo‘li bilan "O‘zstandart" agentligi imkoniyatlarini oshirish” loyihasi amalga oshirilishi doirasida "O‘zstandart" agentligiga Koreyalik mutaxassislarning ishchi tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassislar hamkorligida olib borilgan ishlar natijasida «O‘zstandart» agentligi tarmoq infrastrukturasi tizimini qurishda muxim xisoblangan tarmoq va server uskunalari ro‘yxati kelishib olindi. Tashrif davomida loyihaning asosiy yo‘nalishlari aniqlab olindi va umumiy loyiha amalga oshirilishi yuzasidan konseptual qarorlar qabul qilindi. Tashrif so‘ngida tegishli bayon imzolandi.
Axborot xizmati