“O‘zstandart” agentligi tizimiga zamonaviy bilim va malakaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha “Toshkent kimyo-texnologiya instituti” bilan doimiy hamkorlikda ish olib bormoqda.
Ushbu hamkorlikni yanada jaddalashtirish maqsadida “O‘zstandart” agentligi “Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish” boshqarmasi xodimlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida o‘zaro malaka almashish masalalari ko‘rib chiqildi hamda institutning “Mahsulot sifat menejmenti” fakultetini qo‘shimcha darsliklar bilan ta’minlash maqsadida Agentlikning mavjud standartlar to‘plami taqdim etildi.