Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi tasarrufidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida tashkil etilgan “Baris import va eksport markazi”ida bo‘ldilar. Ushbu markaz 3500 m2 maydonli ko‘rgazma zali, telestudiya, shourumlar va mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalarga ega.

 

Byuro a’zolari safar davomida ikki davlatning kelajakda hamkorligini keng yo‘lga qo‘yish, shu o‘rinda “Baris import va eksport markazi”da mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘rgazma zaliga joylashtirish, Qozog‘iston televideniyasida targ‘ibot qilish, milliy mahsulotlarimiz to‘g‘risida ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va boshqa qator imkoniyatlardan foydalanish masalalari kelishib olindi.