Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari urush va mehnat faxriylari holidan xabar oldilar, xususan markazda uzoq vaqt faoliyat yuritgan, urush va mehnat faxriysi, Mulin Vladimir Vasilevich xonadonida bo‘lib ustozga bayram sovg‘alari topshirildi.


Mulin Vladimir Vasilevich bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun markaz xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, o‘zining bosib o‘tgan hayot yo‘llari, turmush saboqlari hamda urush xotiralarini so‘zlab berdi. Tinchlik bebaho ne’mat ekanligi, uni asrab-avaylash va ona Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashash har bir insonning muqaddas burchi ekanligini ta’kidladi.