Аndijon sinov va sertifikatlashtirish markazida “Inson aziz-xotira muqaddas” mavzusida ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni markaz direktori I.Qosimov ochib, yurtimizda urush va mehnat faxriylariga ko’rsatib kelinayotgan e'tibor va uning tarbiyaviy ahamiyati xususida gapirdi.
Shunigdek bayram tadbiriga taklif qilingan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Аndijon viloyati bo’limi a'zosi, shoir Bahodir Аndijoniy, Orifhoji Meliev, Respublika Ma'naviyat-ma'rifat markazi, Аndijon viloyati markazi qoshidagi “Ma'rifat targ’ibot jamiyati” a'zosi Z.Hayitmatov hamda bosh mutaxassisi O’.Rahmonovlar o’z chiqishlarida xotira va qadrlash kunining mazmun mohiyati, ikkinchi jahon urushi davrida o’zbek xalqining frontdagi va front ortidagi fidokorona mehnatlari haqida gapirdilar.
Qiziqarli tarzda tashkil etilgan uchrashuv so’nggida markaz xodimlari ijodkorlardan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar