AQSh Savdo Vazirligi qoshidagi Tijorat Huquqlarini Rivojlantirish Dasturining (CLDP) Xalqaro Advokatlar maslahatchisi M.Kofild boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi "O‘zstandart" agentligiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh (TIFA) hukumatlari o‘rtasida bojxona, standartlar, sanitariya va fitosanitariya choralari va intellektual mulk bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlarining rejalarini muhokama qilindi.
CLDP loyihasining dolzarbligi savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, tabiiy va energetik resurslarning barcha turlarini tejash, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirish va mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqish uchun xalqaro standartlarni qo‘llashga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning aprel oyida «O‘zstandart» agentligi va AQShning ASTM International tashkilot ikki tomonlama bitim imzolandi. Ushbu hamkorlik Respublikamizdagi korxonalarga ASTM International tashkilotining 13000 mingdan ziyod standartlarini bepul olish va texnik qo‘mitalarda qatnashish imkonini berdi.
AQSh delegatsiyasiga «O‘zstandart» agentligi vakillari tomonidan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Ushbu yangi isloxotlar zamirida, xalqaro standartlariga mos keladigan sifat infratuzilmasini yaratish, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlari jahon bozorida salohiyatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va mahalliy mahsulotlar sifatini oshirish uchun keng imkoniyatlarni yaratilishi qayd etildi..
Toshkentda bir qator trening va amaliy seminarlar o‘tkazish, shuningdek, Amerika milliy standartlar instituti bilan xamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlanishiga umid bildirildi.