“O‘zstandart” agentligi Milliy matbuot markazi bilan hamkorlikda Agentlik huzurida tashkil etilgan Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti faoliyati to‘g‘risida jurnalistlarga ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanida Agentlik va uning hududiy markaz va bo‘linmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida ko‘rgazmali ma’lumotlar taqdim etildi.

Unga ko‘ra joriy yil 24 aprelda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarori, unda belgilangan vazifalar va tadbirkorlarga ko‘rsatib kelinayotgan hamkorlikning samarasi hamda bunday jarayonda yangi tashkil etilgan Bo‘linma faoliyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.

O‘tgan davr mobaynida tadbirkorlik subektlariga me’yoriy-huquqiy yordam ko‘rsatish, ularga mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan ayrim to‘siqlarni bartaraf qilishga ko‘maklashilgani ham e’tirof qilindi.

  

Uchrashuv so‘nggida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.