Joriy yilning 29 aprel – 18 may kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali “O‘zstandart” agentligi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida bir guruh koreyalik mutaxassislar “O‘zstandart” agentligida standartlashtirish sohasida yangi axborot tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish ustida ish olib bormoqdalar.
Mazkur axborot tizimi yurtimizda amalda bo‘lgan standartlarning yagona bazasini yuritish va mijozlarga standartlarni interaktiv shaklda taqdim etish imkonini beradi hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqishga imkoniyat yaratadi.