Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” tomonidan hududda joylashgan korxonalarga xalqaro standartlarni joriy qilish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sinash va sertifikatlashtirish masalalarida amaliy yordam berib kelmoqda.
Viloyatdagi “He Fei Technology Co. LTD” korxonasiga joriy yilning 1-choragida Xitoy davlatidan umumiy qiymati 1,5 mln. dollarga teng texnologik uskunalar keltirildi.
Byuro mutaxassislari tomonidan texnologik uskunalarni sertifikatlashtirish va o‘lchov vositalariga metrologik xizmatlari ko‘rsatildi.