O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xalqaro tashkilotlar va xududiy metrologiya muassasalari bilan birga qator loyiha va tadbirlar jadal tarzda amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Shu jumladan, Davlat metrologiya muassasalarining Yevro-Osiyo hamkorligi (KOOMET) xududiy tashkiloti doirasida O‘zMMI mutaxassislari Javohir Nosirov va Bekzod Mo‘minbekovlar massa birligi va fotometriya yo‘nalishlarida solishtirish ishlarini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishdi.

Massa yo‘nalishida Qozog‘iston metrologiya instituti bilan hamkorlikda nominal qiymati 100 mg, 5 g, 50 gva 1 kg gacha bo‘lgan F1 klassidagitarozi toshlari massasini o‘lchash doirasida ikki tomonlama solishtirish ishlarini o‘tkazish kelishib olindi.

Shuningdek, fotometriya yo‘nalishida Belorusiya davlat metrologiya instituti bilan hamkorlikda shishali neytral filtrlar yordamida yo‘naltirilgan o‘tkazuvchanlikni spektral koeffitsiyenti birligi bo‘yicha kalibrlash noaniqligini ekvivalentini aniqlash bo‘yicha ikki tomonlama pilot solishtirish ishlari o‘tkaziladi.

Yuqorida qayd etilgan va KOOMET doirasidagi loyihalar bo‘yicha batafsil ma’lumot KOOMET saytidan topishingiz mumkin (http://coomet.org/index_ru.htm).