Аndijon sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko’maklashish byurosi” tomonidan viloyatda joylashgan eksportyor korxonalarga amaliy yordam berib kelinmoqda.
Jumladan, soha mutaxassislari hududdagi “Bog’ishamol tekstil lyuks” korxonasida bo’lib, korxona tomonidan eksport qilinayotgan trikotaj mahsulotlarini xalqaro talablar bo’yicha tayyorlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli qarorida belgilangan imtiyozlar bilan korxona rahbariyati tanishtirilib, korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari uchun xom-ashyo sifatida olib kelinayotgan kauchuk ip mahsuloti Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC)ga to’laqonli a'zo Xitoy Xalq Respublikasidan import qilinayotganligi sababli, ushbu davlatning sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari to’g’risida tushunchalar berildi.