O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida tinglovchilar OAV bilan o‘zaro samarali hamkorlik qilish va jurnalistlar uchun axborot materiallarini tayyorlash kabi yo‘nalishlarda bilim va malaka ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

 

O‘ziga xos va savol-javoblarga boy bo‘lgan mazkum seminarda Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Gulnora Nishonova, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti o‘qituvchilari Beruniy ALIMOV va Nargis Qosimovalar ishtirokchilarga Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarida axborot ishining o‘ziga xos jihatlari, axborot xizmatlarining asosiy maqsad va vazifalari, turli OAV bilan ishlash prinsiplarini muhokama qilish, press-reliz tayyorlash, matbuot anjumani va brifinglarni yuqori saviyada o‘tkazish kabi muhim masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.