Joriy yilning 18-20 iyul kunlari “O‘zstandart” agentligi “Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” mutaxassislari “Zamonaviy eksport marketing vositalari orqali Yevropa Ittifoqi davlatlari bozoriga mahsulotlarni yo‘naltirish” mavzusidagi o‘quv seminarda ishtirok etishdi. Mazkur seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Rivojlanish Dasturi tomonidan tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilar Yevropa Ittifoqining savdo tuzulmasi va tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdilar, hamda o‘zlarining ish faoliyatida zarur bo‘lgan bozor munosabatlariga oid ma’lumotlar, ko‘nikmalarni tahlil qilish orqali o‘zlarining bilim va malaka ko‘nikmalarini oshirdilar.
Seminarni Gollandiyadan taklif qilingan xalqaro ekspertlar F. Yanssen va A. Landsmeyer olib borishdi. Shuningdek, seminarda davlat organlari, hamda O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdilar. Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.