“O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekoziqovqat-xolding” hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha biznes vakillaridan iborat delegatsiya joriy yil 8-9 aprel kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Birlashgan Millatlar tashkiloti Yevropa Iqtisodiyot Komissiyasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun tijorat standartlarini (YeEK OON) tadbiq qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ishchi guruh yig‘ilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan quritilgan qovunga xalqaro standart loyihasi va ushbu standartga izohli ma’lumotlar taqdimoti namoyish etildi. Ushbu standart loyihasi joriy yilda Jeneva shahridi bo‘lib o‘tadigan BMT ning Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilish uchun taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun: YeEK OON standartlari xalqaro savdoni rivojlanishiga, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar, savdo tashkilotlar hamda importyor va eksportyor korxonalari tomonidan qo‘llaniladi. Ushbu standartlar xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan yangi uzilgan, quritilgan va quruq meva va sabzavotlar, urug‘li kartoshka, go‘sht, tuxum va tuxum mahsulotlarini o‘z ichiga olgan.

Standart loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin

http://www.unece.org/fileadmin/DAM/trade/agr/meetings/wp.07/2018/WP7_2018_17R.pdf