Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan hududdagi korxonalarda yangi investitsiya loyihalari, innovatsion g‘oyalar bilan tanishish va tajriba almashish yuzasidan “Korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini ko‘tarish va energiya resurslarini tejamkorligiga erishish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Amerika qo‘shma shtatlarining “Fluke Corporation” kompaniyasining Rossiya va Hamdo‘stlik mamlakatlari bo‘yicha direktori Dmitriy Starovoytov hamda ushbu kompaniyaning yurtimizdagi savdo uyi “LINKMASTER ASIA” jamiyati direktori Andrey Potseluyevlar ishtirok etdilar.

 

Anjumanda ishtirok etgan ishlab chiqarish sub’ektlari vakillari sanoatning barcha ishlab chiqarish sohalarida qo‘llanib kelinayotgan zamonaviy, yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarining ishlash prinsiplari, qo‘llash jarayonlari, ularning samaradorligi hamda afzalliklari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, “Fluke Corporation” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy o‘lchash vositalari namunalaridan tashkil topgan ko‘rgazma namoyishi ham bo‘ldi.