Ma’rifatli bobolarimizdan biri “Kasblarning ichida eng mo‘’tabari – muallimlik bo‘lsa, dunyo imoratlari ichida eng qadrlisi bu – maktabdir” degan edi. Bu bejizga aytilmagan.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, yoshimiz, kasbu-korimizdan qat’iy nazar beg‘ubor bolaligimiz, maktabimiz va birinchi o‘qituvchimizning bizga bergan ta’lim va tarbiyasini hech qachon yodimizdan chiqarmaymiz. Shul bois vaqtimiz, imkonimiz bo‘lishi bilan barchamizga hayot ilmidan saboq bergan tabarruk maskanlarda bo‘lishga intilamiz.
Ayniqsa, muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan yurtimizda kitobxonlik madaniyatini oshirishga berilayotgan e’tibor barchani birdek mamnun qilib, ta’lim maskanlariga kitoblar sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yildi.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori D.Sattarov o‘zi tahsil olgan Namangan viloyati, Norin tumani Haqqulobod shaharchasidagi №1 va №2 maktablarda bo‘lib, fidoiy o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi va ta’lim maskani o‘quvchilariga badiiy adbiyotlar sovg‘a qildi.
Uchrashuvda maktab jamoasi maktab kutubxonasi uchun sovg‘a qilingan kitoblar uchun minnatdorchilik bildirib, o‘quvchilar mazkur adabiyotlardan unumli foydalanib, yurtimiz uchun munosib farzandlar bo‘lishga va’da berdilar.