Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” tomonidan viloyatning eksportyor hamda eksport potentsialiga ega korxonalarga standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya, yorliqlash hamda qadoqlash bo‘yicha amaliy yordam berib kelmoqda.

 

Byuroning ko‘magida Kogon tumanida joylashgan “GRAND BUXARA AGRO” korxonasida Ispaniya texnologiyasi asosida yetishtirilayotgan pomidor mahsulotini Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Korxonada “GLOBAL G.A.P” xalqaro standarti joriy etib, pomidor mahsulotini Fransiya, Yaponiya va Belgiya davlatlariga eksport qilish rejalashtirilmoqda.