Ayni kunlarda xalqimiz Vatanimizning ko‘p asrlik shonli tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyatni barpo etish yo‘lini ochib bergan buyuk tarixiy voqea-O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishollash uchun har tomonlama qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Istiqlol bayrami arafasida barcha vazirlik va tashkilotlarda bo‘lgani kabi “O‘zstandart” agentligida ham bayramni munosib nishollashga alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bunda albatta tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy uchrashuvlarning o‘rni katta bo‘lmoqda.
Ana shunday maqsadda “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, “Shuhrat” medali sohibi Qobilbek Karimbekov bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda Respublikamizda mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki yillardagi holat, Prezidentimiz Islom Karimovning oqilona siyosati tufayli inqiroz davrdan chiqqanligimiz hayotiy misollar orqali yoritib berildi. Bulardan tashqari ogoh bo‘lib yashash davr talabiga aylanib borayotgani, yurtimizdagi tinchlik-totuvlikni asrab-avaylash va unga har birimiz o‘zimizning munosib hissamimzni qo‘shishimiz kerakligi alohida ta’kidlandi.
Axborot xizmati