Аholi va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanida maishiy o’lchov vositalarini qiyoslashdan o’tkazishga mo’ljallangan shahobcha faoliyati yo’lga qo’yildi.
Tashkil etilgan shaxobcha nafaqat tuman aholisiga balki qo’shni tumanda yashovchi aholi xonadonlarida foydalanilayotgan maishiy gaz, suv va elektr energiyasi hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o’tkazish imkonini beradi.