Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi tashabbusi bilan hududdagi korxonalarda yangi investitsiya loyihalari, innovatsion g’oyalar bilan tanishish va tajriba almashinish yuzasidan ochiq davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4059-sonli qarorining mohiyati borasida hamda tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash, sog’liqni saqlash, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini, viloyatdagi korxonalar eksport salohiyatini oshirish borasida aniq tadbirlar belgilab olinganligi ta'kidlandi. Jumladan, muvofiqlikni baholash natijalarini xalqaro tan olinishini ta'minlash maqsadida xalqaro tashkilotlarga a'zo bo’lish ishlari davom ettirilishi, amaldagi standartlarning xalqaro normalar bilan uyg’unlashuv darajasi uch yilda 47 foizga yetkazilishi ta'minlanishi, joriy yilning o’zida 12 ta texnik reglamentlar ishlab chiqilishi aytildi.