Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazi tashabbusi bilan shahar Bojxona posti va Deklarantlik xizmati xodimlari hamda tadbirkorlar ishtirokida Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-sonli Qarori ijrosini amalga oshirish to‘g‘risida amaliy seminar tashkil etildi.
Davra suhbati tarzda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda Qarorda belgilangan imtiyozlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari, ishlash tartibi hamda mahsulotlarni eksport va import qilishda sertifikatlashtirish tartib tamoyillari muhokama qilindi.