Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi.
Prezidentimizning xayrli tashabbusini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti rahbariyati Yunusobod tumanidagi 21-sonli mehribonlik uyiga kitoblar sovg‘a qildi.
Sovg‘a qilingan kitoblar o‘zbek adabiyotining eng sara asarlaridan tanlab olingan bo‘lib, o‘quvchilarning yoshlari uchun mo‘ljallangan.