“O‘zstandart” agentligining navbatdagi sayyor uchrashuvi Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Qibray tumanida joylashgan “Inter-Rohat” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Shundan so‘ng, Chirchiq shahridagi Erkin iqtisodiy hududda joylashgan boshqa korxonalar va ularning rahbarlari bilan ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishda standart talablari hamda sifat tizimlarining joriy etilishi va sertifikatlashtirish sohalarida mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib, hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Sayyor uchrashuvida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Mustafoyev va Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori D.Atabekovlar qatnashib, ishlab chiqarish korxonalari vakillarining savollariga javob berdilar.