Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” xodimlari hududlardagi eksportyor korxonalarga mavjud muammo va masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan hamkorlik olib borilmoqda.

Jumladan, Termiz tumanida joylashgan eksportyor korxona “Global Agro eksport Agrofirma”da mavjud o‘lchash vositalarini davriy metrologik qiyoslovdan o‘tkazilishida amaliy yordam berildi.

 

Joriy yilning mart oyida ushbu korxona tomonidan yetishtirilgan 30 tonna ko‘kat mahsuloti Belorussiya davlatiga eksport qilindi. Ushbu mahsulotlarni me’yoriy hujjat asosida yorliqlanishi, qadoqlanishi, sertifikatlashtirish ishlarida, shuningdek ularni saqlanishi yuzasidan tavsiyalar berildi.