Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda hududlarda joylashgan korxonalarga amaliy yordam berib kelmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Qo‘shrabot tumanida joylashgan “MADAD AGRO TOMORQA XIZMATI” korxonasida tashkil etildi. Ushbu korxona 250 gektar maydonda uzum yetishtirada hamda qo‘shimcha 300 gektardan ortiq maydonga uzum ko‘chatlari ekilgan.
Byuro xodimlarining ko‘magida korxona tomonidan quritilgan uzum mahsulotlari xalqaro talablar bo‘yicha saralash va qadoqlash yo‘lga qo‘yildi. Korxona joriy yil mart oyida 46 ming dollarlik mahsulotni Xitoy davlatiga eksportini amalga oshirdi.
Shuningdek, soha mutaxassislari hududdagi “Sam Mining Group” korxonasida ham bo‘lib, uning rahbariyatiga xalqaro talablar bo‘yicha mahsulot tayyorlash yuzasidan tavsiyalar berildi. Ushbu korxona yaqin kunlarda Qozog‘iston davlatidagi hamkorlar bilan tog‘ jinslaridan marmar plita mahsulotini eksportni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishgan bo‘lib, ishlab chiqargan mahsulotini eksportga yo‘naltirish arafasida.