Joriy yilning 27 mart kuni “O‘zstandart” agentligi binosida Buyuk Britaniyaning Pearson Education Limited ekspertlari Lin Villiams va Olven Lintern bilan manfaatli va do‘stona uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’lim sohasining Davlat ta’lim standartlari, xalqaro standartlar, kadrlar tayyorlash, kadrlar zahirasini shakllantirish, mutaxasislarning bilim va malaka ko‘nikmalarini oshirishda xalqaro tajribalardan foydalanish masalalari muhokama etildi.
Shu bilan birga, xorijiy ta’lim standartlari tizimining ijobiy jihatlari qayd etilib, undagi ilg‘or tajribalarni yurtimizning ta’lim tizimiga tadbiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mehmonlarga “O‘zstandart” agentligining faoliyati, sohalar kesimida olib borilayotgan ishlari yuzasidan ma’lumot taqdim etildi. Uchrashuv yakunida hamkorlik aloqalarini aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy tadbirlar bilan kengaytirishga kelishib olindi.