Prezidentimizning 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga binoan O’zbekiston milliy metrologiya institutining bir guruh xodimlari 22 mart kuni Samarqand shahriga sayohat qildilar.
Safar davomida xodimlar qadimiy va navqiron Samarqandning diqqatga sazovor joylaridan Mirzo Ulug’bek rasadxonasi, Registon maydonlarida bo’lib, shaharning boy tarixi, madaniyati va ma'naviyati bilan yaqindan tanishdilar.